Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bavariya» «Liverpul» hujumchisini sotib oldi

«Bavariya» «Liverpul» hujumchisini sotib oldi

«Bavariya» klubi «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. 30 yoshli futbolchi bilan shartnoma 2025-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.

Oldinroq kelishuv summasi bonuslarni hisobga olmaganda 32 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingandi. «Liverpul»ning maksimal daromadi 41 million yevroni tashkil qiladi.

Mane 2016-yilning iyulidan buyon «Liverpul»da to‘p suradi. 2021/22-yilgi mavsumda hujumchi jamoasi safida 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

«Qizillar» tarkibida Mane Angliya chempioni, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibiga aylandi. Shuningdek, 2018/19-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi va UYeFA Superkubogi (2019)da g‘olib chiqqan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring