Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekoboddagi bog‘cha bolalarini zaharlash rejasi qanday tuzilgan edi? (video)

Bekoboddagi bog‘cha bolalarini zaharlash rejasi qanday tuzilgan edi? (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

O‘tgan yilning 21-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum ikki ayolning o‘zaro suhbati yozilgan audioyozuv tarqalgani bo‘yicha tekshiruv boshlangandi.

Audioyozuvda bolalarni zaharlash yo‘li bilan bog‘cha mudirasini lavozimdan oldirish maqsadida yashirin reja tuzish haqida so‘z yuritilgandi.

Toshkent viloyati IIBB mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida audioyozuv ishtirokchilaridan biri bilan suhbat qildi.

Aytilishicha, ushbu audioyozuvda Bekobod tumanidagi fermer xo‘jaligi rahbari S.K. va Bekobod tumani maktabgacha ta’lim boshqarmasida muqaddam hisobchi bo‘lib ishlagan F.S.ning suhbati aks etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasiga aynan suhbat ishtirokchilaridan biri - S.K.ning o‘zi murojaat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u 2019 yilning dekabr oyida o‘z jiyanini bolalar bog‘chasiga qayta ishga tiklash ishlari bilan yurgan vaqtda F.S. bilan tanishgan. F.S. bog‘cha mudirasidan va boshqarma boshlig‘idan norozi ekanligini, nohaq ishdan bo‘shatilganligini aytgan. S.K. ham, o‘z navbatida, shunday muammoga duch kelganligini ma’lum qilgan.

F.S. uning telefon raqamini olgan va ikki kundan keyin unga telefon qilib, bog‘cha bolalarini zaharlab, rahbarlarni ishdan bo‘shatish, shu orqali o‘z maqsadlariga erishish rejasini aytgan.

Voqea tafsilotlarini suhbat ishtirokchisi quyidagi videoda so‘zlab bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring