Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Foto: «Sport-Ekspress»

Karim Benzema Fransiya milliy jamoasidagi faoliyatiga yakun yasadi.

«Men bugungi darajamga yetishish uchun bor kuchimni sarfladim, xatolarga ham yo‘l qo‘ydim. Bundan faxrlaman! Men o‘z tariximni (Fransiya terma jamoasida) yozdim va u xotimasiga yetdi», — deb yozdi Benzema ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Shu yilning oktyabr oyida Karim Benzema yilning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» sohibi bo‘ldi. Mashg‘ulotlar chog‘ida olgan jarohati tufayli Qatardagi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi noyabr oyida ma’lum bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring