Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bitta jinsi shim tayyorlash uchun qancha ip-kalava ketadi?

Bitta jinsi shim tayyorlash uchun qancha ip-kalava ketadi?

Bitta standart o‘lchamdagi jinsi shimni tayyorlash uchun o‘rtacha 400 gramm ip-kalava kerak bo‘ladi. Bir juft paypoqqa esa 80 gramm xom-ashyo zarur. Sifatli kiyim-kechak har bir xonadon ehtiyoj sezadi.

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki ko‘magida Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida ish boshlagan Mili Teks korxonasi mana shu ehtiyojni qoplashda juda zarur bo‘lgan mahsulotni tayyorlaydi. Korxonada tayyorlanadigan ip-kalava to‘lig‘icha eksportga yo‘naltiriladi.

Mili Teks kambag‘allikka qarshi kurashda ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Bu yerda 300 nafar aholi ish bilan ta’minlangan va yaqin kelajakda Milliy bank ko‘magida shuningdek yana mato to‘qish va bo‘yash sexlari ham ishga tushiriladi. Demak, ishchi o‘rinlar soni ham yanada oshadi.

Korxonaga tikilgan sarmoya 36 million AQSh dollariga teng. Shundan 14 million dollari Milliy bank tomonidan moliyalashtirilgan. Barcha uskunalar Germaniyadan keltirilgan bo‘lib, kuniga 30 tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.

Mili Teks ishlab chiqarayotgan ip-kalava Xitoyga va Turkiyaga eksport qilinmoqda. Mahsulot ko‘lami oshgani sari, eksport geografiyasini ham kengaytirish rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring