Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

BMT: 14 mingdan ortiq tinch aholi Ukrainadagi urushning qurboni bo‘ldi

BMT: 14 mingdan ortiq tinch aholi Ukrainadagi urushning qurboni bo‘ldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ukrainadagi urush paytida 14 mingdan ortiq tinch aholi qurbon bo‘lgani haqidagi ma’lumotni tasdiqladi. Bu haqda BMTning Ukrainadagi inson huquqlari bo‘yicha monitoring missiyasi rahbari Matilda Bogner ma’lum qildi.

«Bugungi kunga qadar biz 14 059 nafar tinch aholi qurbon bo‘lganini tasdiqladik. Urush natijasida 5 767 nafar tinch aholi halok bo‘ldi, 8 292 nafari yaralandi. Biz bir necha bor ta’kidlaganimizdek, haqiqiy raqamlar bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin», - dedi Bogner.

«24-fevral holatiga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan yoki o‘sha paytda Rossiya Qurolli Kuchlari va unga aloqador qurolli guruhlar tomonidan nazorat qilinadigan hududlarda 416 kishi hibsga olingan yoki zo‘rlik olib ketilgan. Ulardan 16 nafari o‘lik holda topilgan, 166 nafari qo‘yib yuborilgan. Biz, shuningdek, Ukraina huquq-tartibot idoralari tomonidan 51 ta o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va yana 30 ta holatni hujjatlashtirib oldik», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring