Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyor

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga tayyor

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yakunladi. Ushbu yig‘in doirasida charm qo‘lqop ustalari jismoniy va taktik mashg‘ulotlardan tashqari sparring janglarida ham ishtirok etishdi.

O‘zbekiston boks federatsiyasi rahbariyati sportchilarimizning jahon chempionati bahslarida munosib ishtirok etishini ta’minlash maqsadida tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini aynan musobaqalar o‘tkaziladigan Yekaterinburg shahrida tashkil etdi. Bu g‘oya shubhasiz terma jamoamizning moslashuv jarayoni uchun ijobiy ta’sir qiladi.

Bugun, 8 sentyabrda Yekaterinburgda boks bo‘yicha jahon chempionati start oladi. Ushbu nufuzli musobaqada yurtdoshlarimiz sovrinli o‘rinlar uchun eng asosiy da’vogarlardan biri hisoblanadi.

Qayd etish lozimki, hozirda Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabidan tashqari bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari ham Yekaterinburgda bo‘lib turibdi.

Boks bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Miraziz Mirzaxalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Shahram G‘iyosov 69 kg vaznda oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring