Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bokschilarimiz Tailanddan bitta oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi

Bokschilarimiz Tailanddan bitta oltin medal bilan qaytadigan bo‘ldi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha «Qirol kubogi» xalqaro musobaqasi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Biroz avval musobaqaning dastlabki final bellashuvi o‘tkazildi, deb xabar berdi MOQ matbuot xizmati.

Eng yengil -49 kilogramm vazn toifasida ringga chiqqan yurtdoshimiz Nodirjon Mirzahmedov oltin medal uchun hindistonlik Dipakka qarshi jang olib bordi va xuddi 3 oy muqaddam Osiyo chempionatining finalida bo‘lgani kabi bu gal ham zafar quchdi. Shuningdek, bokschimiz oltin medal qatorida tashkilotchilar tomonidan 1500 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ham ega bo‘ladi.

Kecha -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov yarim finalda imkoniyatni boy berib, bronza medali bilan kifoyalangan edi. Shu tariqa terma jamoamiz mazkur musobaqani 1 tadan oltin va bronza medallari bilan yakunlamoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring