Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Boris Jonsonning qarori

Boris Jonsonning qarori

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson omikron-shtamm tarqalishi munosabati bilan joriy etilgan B rejadan A rejaga qaytish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Qarorga ko‘ra, mamlakatda 25-yanvardan boshlab kovid-ruxsatnomalar, masofadan ishlash, jamoat joylarida niqob taqish talab qilinmaydi.

O‘z kursisini yo‘qotishdan cho‘chigan Jonson populistik va’dalarni qatorlashtirib tashlashini kutishgandi. Xususan, Dauning-stritdagi hukumat qarorgohida milliy lokdaun chog‘ida bayram kechalari uyushtirilgani (muntazam har juma «vino bazmlari» o‘tkazilgan, eng nozik jihati, shunday kechalarning ikkitasi shahzoda Filippning dafn marosimi arafasiga to‘g‘ri kelgan) uchun o‘zini qanday oqlashiga ko‘plar qiziqqandi. Jonson esa bitta kechirim va hamma uchun erkinliklarni tuhfa qilish bilan navbatdagi marotaba suvdan quruq chiqdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring