Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura aholiga yana bir murojaat bilan chiqdi

Bosh prokuratura aholiga yana bir murojaat bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Aziz vatandoshlar!

Butun insoniyat XXI asrda misli ko‘rilmagan katta va og‘ir sinovga duch keldi.

Koronavirus infeksiyasi aksariyat mamlakatlar hayotini karaxt ahvolga soldi.

Bor kuch va imkoniyatlar hali - hamon infeksiya tarqalishini to‘xtatishga, uning shiddatini oz bo‘lsa-da, pasaytirishga jalb etilmoqda.

Mazkur ofatning iqtisodiy, ijtimoiy oqibatlarini, ularning ko‘lamini va infeksiya yuzaga keltirgan inqirozdan chiqish uchun qancha vaqt va resurs talab etilishini esa, hozir hech kim aniq ayta olmaydi.

Ana shunday murakkab va tahlikali sharoitda har tomonlama oqilona ish tutayotgan, o‘z xalqi bilan hamjihatlikda zarur choralarni ko‘rayotgan davlatlargina pandemiyaning ta’sirini yumshatishga, jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtalikni saqlashga, fuqarolarning xavf - xatarlar bilan yakkama - yakka qolmasligiga musharraf bo‘lmoqda.

Bunday davlatlar qatorida O‘zbekistonning ham borligi og‘ir kunlarda barchamizga taskin bermoqda va halovatli kunlarning yaqinligiga qat’iy ishonch uyg‘otmoqda.

Davlatimiz rahbarining tegishli Farmon va qarorlari hamda bevosita ko‘rsatmalari asosida amalga oshirilayotgan qat’iy chora-tadbirlar,ular ijrosining oliy darajadagi muntazam muhokamasi pandemiya xurujiga qo‘yilgan to‘siq sifatida uning mudhish oqibatlarining oldini olmoqda.

O‘z navbatida, kasallikka chalingan har bir fuqaro shaxsan muhtaram Prezidentimizning nazorati va g‘amxo‘rligida davolanmoqda. Bugun aksariyat mamlakatlarda bemorlar duch kelayotgan moddiy va ijtimoiy muammolar O‘zbekistonda davolanayotganlar uchun dolzarblik kasb etayotgani yo‘q.

Eng asosiysi, aksariyat fuqarolarimiz amalga oshirilayotgan tadbirlar, xususan karantin choralarini to‘g‘ri tushunish va xayrixohlik bilan qabul qilmoqda, mas’ullarning qonuniy talablariga rioya etmoqda.

Biroq, hozirgi sharoitdagi sustkashlik, loqaydlik, beparvolik, ortiqcha xotirjamlikka berilish, tashabbuskorlik va fidoyilikni unutish el-yurtga xiyonat bilan barobardir.

Ayniqsa, davlat organlari va ularning mas’ullari koronavirus infeksiyasining mamlakatimizda keng tarqalishining oldini olish, uning davlat va jamiyat hayotiga, har bir fuqaroning kundalik turmush tarziga salbiy ta’sirini kamaytirish borasidagi o‘ziga xos kurashning oldingi saflarida bo‘lishi taqozo etilmoqda.

Binobarin, Bosh prokuratura tegishli vakolat hamda majburiyatlar doirasida global inqiroz va pandemiya sharoitida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi shart bo‘lgan qo‘shimcha vazifalarni belgilab oldi.

Jumladan, bugungi murakkab vaziyatda prokuratura organlari tomonidan quyidagi vazifalar ijrosiga ustuvor ahamiyat qaratiladi:

Birinchidan, karantin munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalar, shuningdek vaqtinchalik daromad manbaini yo‘qotgan fuqarolarimizni ijtimoiy qo‘llab - quvvatlash choralarini alohida nazoratga olamiz. Prokuror sektorlarida ana shunday vaziyatdagi 5 mingta oilagakarantin davrida bevosita prokuratura organlari tomonidan belgilangan miqdorlarda moddiy yordam ko‘rsatiladi;

Ikkinchidan, ish haqi,pensiya va nafaqa to‘lovlarining to‘liqligi va uzluksizligi ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Bu jarayonda ijtimoiy adolat va qonuniylikni ta’minlashning barcha zarur choralari ko‘riladi;

Uchinchidan, karantin davrida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx - navoni barqaror saqlash choralari ko‘riladi. «Daladan dasturxonga» tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchilardan bevosita iste’molchilarga, asosiysi, mahallalarda ko‘chma savdoni tashkil etish orqali fuqarolarimizga eng yaqin va qulay hududlarga yetkazib beriladi;

To‘rtinchidan, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotga ta’sirini yumshatishborasidagi chora-tadbirlar doirasida:

— tadbirkorlarni qo‘llab - quvvatlash, karantin cheklov-lari, sanitariya va gigiyena talablariga rioya etgan holda ularning faoliyati to‘xtab qolishiga yo‘l qo‘ymaslikning barcha zarur choralariko‘riladi;
 — tadbirkorlarga soliq to‘lovlari, bank kreditlari hamda kommunal to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarning to‘liq qo‘llanilishiustidan nazorat olib boriladi;
— eksportyorlarni qo‘llab - quvvatlash, eksport prognozi bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshiriladi. Bunda 3.379 nafar eksportyorning har biriga xodimlarimiz biriktirilib, yuzaga kelayotgan muammolar birgalikda hal etiladi va ularga zarur amaliy yordamko‘rsatiladi.

Mazkur amaliyot 30 dan ortiq ish o‘rniga ega, yirik oziq - ovqat ishlab chiqaruvchilari bilan ham yo‘lga qo‘yiladi;

– yuk tashishda turli to‘siq va muammolar vujudga kelishining oldini olish yuzasidan zarur choralar ko‘rib boriladi. Mavjud 516 ta karantin postlariga biriktirilgan xodimlarimiz bu borada alohida ish olib boradi;
– davlat hamda hududiyinvestitsiya dasturlari ijrosi ustidan nazorat yanada kuchaytiriladi;
– budjet tushumi ijrosini ta’minlash va yangi tushum manbalarini aniqlashga faol ko‘maklashiladi;

Beshinchidan, oziq - ovqat xavfsizligini ta’minlash choralari doirasida prokuror sektorlarida g‘alla parvarishi, chigit ekilishi, shuningdek aholi tomorqalarida ertaki ekinlar to‘liq ekilishini ta’minlash choralari ko‘riladi;

Oltinchidan, karantin cheklovlari davridahuquq-buzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishishlari bir zum ham to‘xtatilmaydi.

Bunda fuqarolarning karantin qoidalariga so‘zsiz rioya etishlarini ta’minlash, shuningdek, koronavirus pandemiyasi haqida asossiz xabarlar tarqatish, aholiorasida sarosima va vahima keltirib chiqarishga urinishlar ning oldini olishga alohida e’tibor qaratiladi;

Yettinchidan, koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolarni aniqlash va ularning salomatligini nazoratga olishdaprokuratura tergovchilari sanitariya - epidemiologiya nazorati xizmat-lariga yaqindan ko‘maklashib boradi.

Aziz vatandoshlar!

Ishonchimiz komilki, ko‘pni ko‘rgan, mashaqqatli davrlarda toblangan xalqimiz koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq hozirgi sinovdan ham yorug‘ yuz bilan albatta o‘tadi.

Buning uchun, muhtaram Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, xalqimizdan hushyorlik va ogohlikni keskin kuchaytirish, karantin bilan bog‘liq joriy etilgan barchatartib - qoidalarga so‘zsiz va qat’iy amal qilish talab etiladi.

Sabr-qanoat, iroda, metindek mustahkam tartib-intizom bizni yorug‘ kunlarga tezroq yaqinlashtiradi. Prokuratura organlari, ularning har bir xodimi esa, zimmasidagi vazifalarni so‘zsiz bajarish barobarida har qanday yordam va ko‘makka muhtoj fuqarolarga yelkadosh bo‘lishni o‘zi uchun sharaf deb biladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring