Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh prokuratura Bulung‘ur IIBdagi o‘lim holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Bulung‘ur IIBdagi o‘lim holati bo‘yicha ma’lumot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Bulung‘ur tumani IIBga chaqirtirilgan J.Nasriddin (1963-y.t.) go‘yoki qiynoqlar natijasida vafot etganiga oid xabarlar tarqalgandi.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, J.Nasriddin tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, fuqaro R.O. noqonuniy ravishda giyovandlik vositalari sotish bilan shug‘ullanayotganligini bayon qilgan. Ushbu murojaat asosida 2019-yil 16-noyabr kuni soat 13:30 larda Bulung‘ur tuman IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.O. J.Nasriddinga 150 ming so‘m evaziga vazni 3,71 grammdan ko‘proq miqdordagi «marixuana» giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16.11.2019-yilda JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbirdan so‘ng J.Nasriddindan tushuntirish xati olish maqsadida tuman IIBga olib kelinganda uning ahvoli yomonlashgan. Dastlabki tibbiy yordamdan so‘ng ahvoli biroz yaxshilangan, biroq bu holat uzoqqa bormaydi. Keyingi chaqiruvdan so‘ng «Tez yordam» J.Nasriddinni tuman kasalxonasiga olib ketgan va u o‘sha yerda vafot etadi.

Ayni paytda  prokuratura  tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

J.Nasriddinning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring