Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura kanaldan jasadi topilgan o‘smir bo‘yicha bayonot berdi

Bosh prokuratura kanaldan jasadi topilgan o‘smir bo‘yicha bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Kechadan buyon ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda 15 yoshli bolaning jasadi kanaldan topilgani, maktab o‘quvchisi bo‘lgan bu yigit o‘qituvchilar tomonidan kamsitilganiga chiday olmay, o‘z joniga qasd qilgani mazmunida xabarlar keng muhokama qilinmoqda.

Holatga oydinlik kiritishni so‘rab, Bosh prokuratura bilan bog‘landik.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Qarshi tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilganini tasdiqladi. Unga ko‘ra, 2019-yilning 19-oktyabr kuni Qarshi tumani, «Xoniyon» MFYda istiqomat qilgan Rahim A. (2004- y.t.) «Qarshi Bosh kanali»ning «Dasht» qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismidagi ko‘prikdan suvga sakrab o‘z joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan Qarshi tumandagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab direktori hamda o‘quvchilardan tushuntirish xatlari olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘quvchi Rahim A.ning mobil telefonida uyatsiz videolar yozilganligi sababli sinf rahbari tomonidan onasi maktabga chaqirtirilgan. Onasi maktabga kelib, o‘g‘liga tanbeh berganidan so‘ng bola maktabdan yugurib chiqib kanal tomonga ketgan. Uning orqasidan borishgan sinfdoshlari uzoqdan Rahim A. o‘zini kanalga tashlaganini ko‘rishgan.

Maktabda o‘qituvchilar tomonidan urib, haqorat qilgan holati aniqlanmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshirish davomida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Qarshi tumani IIB, voyaga yetmaganlar bo‘yicha idoralararo komissiya va fuqarolarni o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring