Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura «pulga cho‘milganlar»ni aniqladi

Bosh prokuratura «pulga cho‘milganlar»ni aniqladi

Bosh prokuratura tomonidan muttasaddi idoralar bilan bilan birgalikda O‘zbekiston Suzish federatsiyasida sohaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

O‘rganishda, Federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, juda ko‘p miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazishgan.

Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida o‘tkazilgan xalqaro yig‘inga yuborilib, 72 mln. so‘m  budjet mablag‘lari asossiz ishlatilgan.

Shuningdek, 2021 yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi «D» MChJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsalarda, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd. so‘mlik pul mablag‘i talon-toroj qilingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring