Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi

Bosh prokuratura yangi qonun loyihasini ishlab chiqdi

Foto: «Xabar.uz»

Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi «Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada quyidagi protsessual harakatlarni amalga oshirishda videoyozuvdan foydalanish majburiyligini belgilash nazarda tutilgan:

1) gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining himoyachidan voz kechish jarayoni;

2) shaxsni ushlash jarayoni;

3) shaxsni ushlash jarayonida o‘tkaziladigan shaxsiy tintuv va olib qo‘yish.

Yuqoridagi jarayonlar videoyozuv orqali qayd etilganligi haqida tegishli bayonnomaga yozib qo‘yiladi hamda unga videoyozuv materiallari ilova qilinadi.

Shaxsni ushlash jarayonida videoyozuvni qo‘llash imkonini bermaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan hollardagina (jinoyat sodir etilgan joyda shaxsni ushlash, qidiruvda yurgan shaxsni ushlash va boshqalar) protsessual harakatlarni videoyozuv orqali qayd etmasdan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilishi mumkinligini belgilash taklif qilinmoqda.

Biroq, bunday holatlarda ham ushlangan shaxs davlat organi binosiga olib kelinganidan so‘ng uning huquqlarini videoyozuvga qayd qilgan holda tushuntirish majburiyati belgilanmoqda.

Bundan tashqari, loyiha bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari zimmasiga ular tomonidan shaxs ushlanganidan so‘ng uning ushlangani va ushlab turilgan joyi to‘g‘risida ushbu shaxsning oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda esa boshqa qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga darhol xabar berish majburiyati yuklatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring