Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bosqinchi qo‘shni» — 24 yoshli yigit turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan ayolga kuch ishlatdi

«Bosqinchi qo‘shni» — 24 yoshli yigit turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ketgan ayolga kuch ishlatdi

Foto: Tergov departamenti

Navoiy viloyati Xatirchi tumanda yashovchi 24 yoshli B.R. mast holatda 2022 yil 14 sentyabr kuni soat 00:30 larda qo‘shni hovliga bosqinchilikka tushadi.

U o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, o‘zi bilan bir qishloqda yashovchi 36 yoshli U.A.ning turmush o‘rtog‘i Rossiya Federatsiyasiga ishlash maqsadida ketganligini bila turib, uning yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kiradi.

O‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan unga o‘qtalib, og‘zini qo‘li bilan yopib, pul topib berishini talab qiladi va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, o‘ng qo‘l yelka siga jarohatini yetkazadi. U.A.ning farzandlari uyg‘onib qolishi natijasida, jinoiy maqsadini oxirigacha yetkaza olmasdan, voqea joyidan yashirinadi.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida B.R. ushlanib, undan 1 dona fonar, 1 dona pichoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi «v» bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring