Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Botir Parpiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Botir Parpiyev vazir o‘rinbosari bo‘ldi

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi sobiq raisi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari bo‘ldi.

General-leytenant Botir Parpiyev 2004-yil 17-fevraldan 2018-yilning may oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi rahbari bo‘lib ishlagan. 2002-2004-yillarda Davlat soliq qo‘mitasi, 2002-yil iyundan dekabrga qadar Favqulodda vaziyatlar vaziri, 1998-2002-yillarda ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, 1989-1998-yillarda ichki ishlar vazirligida turli rahbar lavozimlarida xizmat qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromovga ham yangi tashkil etilgan vazirlikda o‘rinbosar lavozimi yuklangandi. U bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi. 

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga esa Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullangandi. Rahmat Mamatov o‘z vaqtida Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – jinoyat qidiruv va terrorchilikka qarshi kurash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring