Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bozor iqtisodiyoti va kapitalizm o‘rtasidagi farq haqida bilasizmi?

Bozor iqtisodiyoti va kapitalizm o‘rtasidagi farq haqida bilasizmi?

Qulog‘imizga «bozor iqtisodiyoti» atamasi tez-tez chalanib turadi. Ammo, ko‘plar mazkur tushuncha o‘zi nima ekanligi va uning tarixi haqida yetarli bilimga ega emas. Quyida shu to‘g‘risida suhbatlashamiz.

Erkin bozor tizimi deganda odamlar ixtiyoriy ravishda bir-biri bilan savdo qiladigan, mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talab hamda taklif tartibni yaratadigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda davlat aralashuvi va tartibga solishi juda kam yoki umuman bo‘lmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, sof erkin bozorda jismoniy shaxslar va kompaniyalar iqtisodiy jihatdan o‘zlari xohlaganicha harakat amalga oshirishlari mumkin.

Bozor iqtisodiyoti odamlar bir-biri bilan savdo qila boshlaganidan beri turli shakllarda mavjud bo‘lib kelgan. Erkin bozorlar tildan farqli ravishda ijtimoiy muvofiqlashtirishning tabiiy jarayoni sifatida paydo bo‘ldi. Ya’ni, hech bir intellektual ixtiyoriy ayirboshlash yoki xususiy mulk huquqini ixtiro qilmagan; hech bir hukumat ham buni konsepsiya qilib ishlab chiqmagan yoki pulni ayirboshlash vositasi sifatida foydalanishni birinchi amalga oshirmagan.

Asosiy keyslar

Erkin bozor – bu ixtiyoriy ayirboshlash, talab va taklif qonunlari davlat aralashuvisiz iqtisodiy tizim uchun yagona asos bo‘ladigan bozordir.

Erkin bozorlarning asosiy xususiyati – majburiy bitimlar yoki bitimlar bo‘yicha shartlarning yo‘qligi.

Erkin bozorni hech kim ixtiro qilmagan; u savdo va savdo uchun ijtimoiy institut sifatida organik ravishda paydo bo‘ldi.

Erkin savdo tarafdorlari hukumat aralashuvi va tartibga solishdan norozi bo‘lishsada, xususiy mulk huquqlari, cheklangan javobgarlik va bankrotlik to‘g‘risidagi qonunlar kabi ba’zi huquqiy asoslar global erkin bozorlarni rag‘batlantirishga yordam berdi.

 Erkin bozor qachondan paydo bo‘lgan?

Bundan ko‘p asrlar ilgari pulsiz ham odamlar bir-biri bilan savdo qilishgan. Buning dalillari tarixiy manbalar tushuntira oladiganidan ancha uzoqqa ham cho‘ziladi. Savdo dastlab norasmiy edi, ammo iqtisodiy ishtirokchilar oxir-oqibat valyuta ayirboshlash vositasi ushbu foydali operatsiyalarni osonlashtirishga yordam berishini tushunishdi.

Eng qadimgi ayirboshlash vositalari qishloq xo‘jaligidaro‘y bergan. Masalan, ayrim tahlilchilar don va qoramoldagi ayirboshlashni miloddan avvalgi 9000-6000 yillarda vujudga kelganini taxmin qilishadi. Bu miloddan avvalgi 1000 yillargacha amalda bo‘lgan. Keyin Xitoy va Mesopotamiyada metall tangalar zarb qilindi va bu pul vazifasini bajaradigan tovarning birinchi ma’lum namunasi hisoblandi.

 Ikki ustun

Bozor iqtisodiyotining ikki ustuni mavjud: ixtiyoriy ayirboshlash va xususiy mulk. Savdo u yoki bu birisiz sodir bo‘lishi mumkin, ammo bu bozor iqtisodiyoti bo‘lmaydi. Ya’ni, faqat bittasi bilan amalga oshirilsa markazlashtirilgan tarzda bo‘ladi.

Xususiy mulk tushunchasi tarixiy manbalar yozilishidan ancha oldin mavjud bo‘lgan, lekin bunga oid muhim dalillar 17-18-asrlar, aniqrog‘i Jon Lokkdan keyin paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Jon Lokk – ingliz pedagogi va faylasufi, empirizm va liberalizm vakili. Uning g‘oyalari gnoseologiya va siyosiy falsafaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U ma’rifatparvarlik davrining eng nufuzli mutafakkirlari va liberal nazariyotchilaridan biri sifatida tan olingan.

Erkin bozorlar kapitalizmdan farqlanadi

Erkin bozorlarni kapitalizmdan farqlash muhimdir. Kapitalizm – bu tovarlar qanday ishlab chiqarilishining iqtisodiy tizimi – bu yerda biznes egalari va investorlar (kapitalistlar) kompaniya, korporatsiya yoki zavod kabi markazlashtirilgan tashkilotda ishlab chiqarishni tashkil qiladi. Umuman, kapitalistlar barcha ishlab chiqarish vositalariga egalik qiladi. Ya’ni, ko‘chmas mulk, xom ashyo, tayyor mahsulotlar va foyda.

Shuningdek, kapitalistlar, o‘z navbatida, ish haqi evaziga ishchilarni yollaydi. O‘z navbatida ishchilar mehnat asboblari, xom ashyo, tayyor mahsulot yoki foydaning hech biriga egalik qilmaydi – ular faqat ish haqi uchun xizmat qiladi.

Erkin bozor esa iqtisodiy taqsimot tizimidir. U talab va taklif qonunlari orqali iqtisodiyotda kim nima va qancha olishini belgilaydi.

 Bozor kuchlariga tarixiy qarshilik

Erkin bozor amaliyotidagi ko‘plab tarixiy yutuqlar dastlab mavjud elita tomonidan bir oz qarshilik bilan kutib olingan. Masalan, bozorning ixtisoslashuvi va mehnat taqsimotiga bo‘lgan tendensiyasi feodal Yevropada zodagonlar orasida mavjud bo‘lgan kasta tizimiga zid edi.

Ommaviy ishlab chiqarish va zavod ishlari ham xuddi shunday siyosiy aloqador gildiyalar tomonidan e’tiroz bildirildi. Texnologik o‘zgarishlar 1811-1817 yillar oralig‘ida ludditlarning hujumiga uchragan. Xususan, nemis iqtisodchisi Karl Marks davlat ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan barcha xususiy mulkni tortib olishi kerak deb hisoblagan.

O‘tgan tarix davomida markaziy hokimiyat va davlat aralashuvi bozor iqtisodiyotining asosiy raqibi bo‘lib kelgan. Zamonaviy tilda bu ko‘pincha sotsializmga qarshi kapitalizm sifatida taqdim etiladi. Ushbu so‘zlarning umumiy talqini va ularning haqiqiy ma’nolari o‘rtasida texnik farqlarni ajratish mumkin bo‘lsada, ular azaliy mojaroning zamonaviy ko‘rinishlarini ifodalaydi, ya’ni davlat nazoratiga qarshi ixtiyoriy bozorlar.

Deyarli barcha zamonaviy iqtisodchilar bozor iqtisodiyoti hukumat araluviga qaraganda samaraliroq ishlaydi, degan fikrga qo‘shiladi. Shunga qaramay, iqtisodiy ishlarda erkinlik va hukumat nazorati o‘rtasidagi to‘g‘ri muvozanat haqida hali ham jiddiy munozaralar davom etmoqda.

Nurillo To‘xtasinov tayyorladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring