Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya nashri Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so‘radi

Britaniya nashri Alisher Usmonov haqidagi maqola uchun uzr so‘radi

Britaniyaning global yaxtachilik sanoatidagi voqealarni yorituvchi «Yachting Pages» nashri Xorvatiyada «Irina VU yaxtasining g‘oyib bo‘lishi» bilan bog‘liq xabarlarni o‘z saytidan o‘chirib tashladi.

Ommaviy axborot vositalarida mazkur yaxta o‘tgan yili Xorvatiyada hibsga olingan va oktyabr oyida Murter orolidagi Betina portidan sezdirmay suzib ketgani xabar qilingandi. «Yachting Pages» o‘z maqolasida yaxta Alisher Usmonov va uning sobiq rafiqasi, Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner-Usmonova bilan bog‘liq tuzilmalarga tegishli ekanini taxmin qilgan.

O‘z navbatida, Usmonovning vakili tadbirkor «Xorvatiya matbuotida tilga olingan Irina VU yaxtasiga egalik qilmasligi va uning Betina portidan g‘oyib bo‘lishi bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini» aytgan. U Usmonov rafiqasi bilan 2022-yilning yozida ajrashganini eslatib o‘tadi.

Shundan so‘ng «Yachting Pages» xabarlarini qaytarib olgan va «yaxta Alisher Usmonovga tegishli ekani» rad etgan. Shuningdek, nashr «noaniqlikka yo‘l qo‘ygani» uchun uzr so‘radi.

Avvalroq Germaniyaning yetakchi OAVlari milliarder Alisher Usmonov haqidagi maqolalarini yana bir bor tahrirlashga majbur bo‘lgani xabar berilgandi.

Usmonovning advokatlari, shuningdek, Myunxen prokuraturasining veb-saytidan Alisher Usmonovga oid ayblovlar aks etgan press-relizning olib tashlanishiga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring