Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya Ukrainaga 1000 dan ortiq minani zararsizlantiruvchi qurilmalarni beradi

Britaniya Ukrainaga 1000 dan ortiq minani zararsizlantiruvchi qurilmalarni beradi

Britaniya Ukrainaga 1000 dan ortiq VALLON metall detektori va 100 ta bombalarni yo‘q qilish to‘plami sovg‘a qilganini ma’lum qildi.

Hisobotda aytilishicha, minalarga qarshi uskunalar Ukraina Qurolli kuchlariga minalangan maydonlarni zararsizlantirish va fuqarolarning uylari va infratuzilmasini himoya qilishga yordam berishi kerak.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniya Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarining muhim paketini, jumladan, 1000 dan ortiq zenit-raketa majmuasi va 125 zenit qurolini taqdim etgan. Ukraina Qurolli Kuchlari uchun qurol va o‘q-dorilarni yetkazib berish uchun Qirollik havo kuchlari 240 dan ortiq parvozlarni amalga oshirdi, deya qayd etadi Britaniya hukumati.

Shuningdek, 2022-yilda Britaniya harbiylari 11 ming ukrainalikni o‘qitgan bo‘lsa, 2023-yilda yana 20 ming ukrainalikni tayyorlash rejalashtirilgan.

«Umuman olganda, Buyuk Britaniya 2022-yilda Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ko‘rsatdi.  Bu AQShdan tashqari boshqa barcha mamlakatlardan ko‘proq va hukumat 2023-yilda ham xuddi shunday moliyalashtirish darajasini saqlab qolish majburiyatini oldi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring