Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Britaniyalik firibgar 1344 yil davomida qarzini to‘lashiga to‘g‘ri keladi

Britaniyalik firibgar 1344 yil davomida qarzini to‘lashiga to‘g‘ri keladi

Foto: «The Sun»

Britaniya fuqarosi aldov yo‘li bilan davlat nafaqasini rasmiylashtirib oldi. Lekin ko‘p o‘tmay firibgarligi fosh bo‘ldi. Noqonuniy yo‘l bilan olingan mablag‘ni qaytarish uchun unga ming yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi, deb yozadi «The Sun».

Buyuk Britaniyada istiqomat qiluvchi odam soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan holda jami 551 ming funt sterling (taxminan 7,8 milliard so‘m) nafaqa olishga muvaffaq bo‘lgan. Sud pulni qaytarishni talab qildi. Shu maqsadda unga universal davlat krediti taqdim etildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 1344 yil davomida har oy 34,16 funt sterlingdan kredit to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Nashrning ta’kidlashicha, Mehnat vazirligi va pensiya ta’minotini hisoblashda mas’ul bo‘lgan regulyator tomonidan hisoblashda xatoga yo‘l qo‘yilgan.

2019-yilda shunga o‘xshash noto‘g‘ri hisob-kitoblar tufayli mamlakat budjeti taxminan 4,7 milliard funt sterling miqdorida zarar ko‘rgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring