Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bu – iqtisodiyotimiz uchun juda katta imkoniyat» – Prezident yig‘ilishi boshlandi

«Bu – iqtisodiyotimiz uchun juda katta imkoniyat» – Prezident yig‘ilishi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident raisligida videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Unda:

- ilmga asoslangan urug‘chilik va agrotexnologiyalar hisobiga paxta hosildorligi va hajmini kamida 30 foizga oshirish;

- paxtani chuqur qayta ishlab, sohaning eksportini kamida 2 baravarga ko‘paytirish muhokama qilinmoqda.

«Bu – iqtisodiyotimiz uchun juda katta imkoniyat va zaxiradir. To‘qimachilik bizga kam xarajat bilan oltindan ham ko‘p daromad keltiradigan soha hisoblanadi.

Shuning uchun biz sohada to‘liq klaster tizimini joriy etdik. Bugungi kunda paxta tolasini o‘zimizda 100 foiz qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi (besh yil avval 40 foiz tola qayta ishlangan).

Sohani qo‘llab-quvvatlash uchun so‘nggi uch yilda to‘qimachilik klasterlariga 23 trln so‘mdan ziyod imtiyozli mablag‘lar ajratildi. Bundan tashqari, klasterlarning o‘zlari ham qariyb 7 trln so‘m xususiy investitsiyalar yo‘naltirdilar. Natijada 350 ga yaqin yirik fabrikalar ishga tushirildi.

Ishlab chiqarish hajmi 5 barobarga oshdi, eksport esa 4 barobarga o‘sib, qariyb 3 mlrd dollarga yetdi», dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring