Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu – «oddiy sotka emas»: Putin qanday telefondan foydalanadi?

Bu – «oddiy sotka emas»: Putin qanday telefondan foydalanadi?

Foto: «Russ-news»

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremldan tashqarida suhbatlashish uchun maxsus mobil aloqa vositasidan foydalanadi. «Rambler»ning yozishicha, u oddiy telefonlarga qaraganda «qalinroq». Bu haqda «MK»ga bergan intervyusida Kremldagi ishonchli manba ma’lum qilgan.

Prezidentning telefondagi suhbatlariga Rossiya Federal qo‘riqlash xizmatining maxsus axborot va aloqalar xizmati mas’ul. Rasmiy suhbatlar qat’iy protokol asosida olib boriladi: jumladan, suhbatdosh rus tilini yaxshi bilgan taqdirda ham, suhbatda tarjimon ishtiroki qayd etilgan.

Shuningdek, Putin kabinetidan tashqarida bo‘lsa ham, muhim suhbatlarni telefon orqali amalga oshirishi mumkin: prezidentning mashinasida butun bir telefon stansiyasi mavjud. Bu kabi aloqa tizimi uni qo‘riqlashga javobgar kishilarda ham bor. Suhbatlar maxsus «qalin» mobil vositasida amalga oshiriladi.

— Mobil vosita biz foydalanadigan oddiy telefondan ko‘ra qalinroq. Unda bir qancha himoya bosqichlari ko‘zda tutilgan. Signal pasayishi va begonalarning eshitishidan asraydi. Ikki davlat rahbarining rasmiy suhbatini eshitish ehtimoli nolga teng», — deydi nashr suhbatdoshi.

Bundan tashqari, u Rossiya Federal qo‘riqlash xizmatining maxsus axborot va aloqalar xizmati harbiy yo‘ldoshidan foydalanadi. Signal shifrlangan, uni rasshifrovka qilish uchun bir necha yil kerak bo‘ladi.

Bu Putinning telefon suhbatlari nima uchun yozib olinmagan, xorijiy razvedkalar tomonidan oshkor qilinmagan, degan savolga javob, — deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring