Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilyapti – O‘zgidromet

Bugun ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kutilyapti – O‘zgidromet

Bugun, 18-mart kunduzi O‘zbekistonning markaziy va janubiy viloyatlarida biroz va o‘rta miqdorda yog‘ingarchilik kutilmoqda.

«Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin», – deb yozmoda o‘zgidromet.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent shahrida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-23 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublikaning baland tog‘larida (2000 m dan yuqorida) qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring