Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Bugun biz chegaralar haqida tarixiy hujjatga qo‘l qo‘yamiz» – Prezident

«Bugun biz chegaralar haqida tarixiy hujjatga qo‘l qo‘yamiz» – Prezident

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Qirg‘iziston Respublikasida davlat tashrifi bilan bo‘lib turibdi. Shavkat Mirziyoyev har ikki davlat rahbarlari va hukumat a’zolari ishtirokida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan muzokaralar chog‘ida hamkorlik istiqboli haqida so‘zladi, deb xabar bermoqda «Xabar.uz» muxbiri.

– Har ikki davlatning o‘zaro munosabatlari tarixida hali biror marta bunday birdamlik, hamkorlik bo‘lmagan. Bugungi kunda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hech bir masalada kelishmovchilik qolmagan, barcha masalalar muhokama qilinib, kelishib olingan.

Bugun biz chegaralar haqida tarixiy hujjatga qo‘l qo‘yamiz.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida Deklaratsiya imzolanadi. Bu hujjat har ikki davlat kelajagi uchun darhaqiqat muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, bugun O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 20 dan ortiq  hujjat imzolanishi kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Ala-Archa» davlat qarorgohida tor doirada uchrashuv o‘tkazgandilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring