Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun final. To‘rt nafar bokschimiz jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

Bugun final. To‘rt nafar bokschimiz jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

Foto: MOQ matbuot xizmati

Bugun, 21-sentyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga yetadi va musobaqa g‘oliblari aniqlanadi.

Kecha o‘tgan murosasiz yarim final janglaridan so‘ng 4 nafar vakilimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi. E’tiborlisi, finalgacha eng ko‘p bizning terma jamoa vakillari yetib kelishdi. Bugun ular jahon chempionligi uchun ringga chiqishadi. 

Final janglari:

-52 kg: Shahobiddin Zoirov (O‘zbekiston) – Amit (Hindiston)

-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov (O‘zbekiston) – Lazaro Alvares Estrada (Kuba)

-63 kg: Endi Kruz (Kuba) – Keyshovn Devis (AQSh)

-69 kg: Andrey Zamkovoy (Rossiya) – Pat MakKormak (Angliya)

-75 kg: Gleb Bakshi (Rossiya) – Eumir Marsial (Filippin)

-81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov (O‘zbekiston) – Bekzad Nurdauletov (Qozog‘iston)

-91 kg: Muslim Gadjimagomedov (Rossiya) – Xulio Sezar Kastilo (Ekvador)

+91 kg: Bahodir Jalolov (O‘zbekiston) – Kamshibek Konkabayev (Qozog‘iston)

Janglar soat 19:00 dan so‘ng boshlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring