Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Oy tutilishi hodisasi sodir bo‘lishi mumkin

Bugun Oy tutilishi hodisasi sodir bo‘lishi mumkin

Bugun, 8-noyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – to‘liq Oy tutilishini kuzatishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi ma’lum qilmoqda.

Ushbu tutilishning to‘liq fazasida oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Oy tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq bo‘lib, tutilishning to‘liq fazasi 1 soat 25 daqiqa davom etadi.

Ushbu Oy tutilishi O‘zbekistonda qisman kuzatiladi – o‘rta hisobda 1 soatdan ko‘proq tutilish kuzatilishi mumkin.

Oy tutilishi Oy chiqishidan avval boshlanadi, shuning uchun O‘zbekistonning hamma hududida tutilishning maksimal fazazi Oy ufqdan ko‘tarilganidan keyin bir necha daqiqa o‘tib kuzatiladi.

Oyning to‘liq tutilishining jonli lavhasini ushbu havola orqali kuzatish mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring