Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun O‘zbekistonda geologlarning kasb bayrami kuni

Bugun O‘zbekistonda geologlarning kasb bayrami kuni

2018 yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi.

Ushbu hujjat bilan har yili aprel oyining birinchi yakshanbasi geologlar kuni deb belgilandi. Geologiya sohasi mamlakatning mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishda, yer qa’rini o‘rganish va razvedka qilishda, foydali qazilma konlarini ochishda alohida ahamiyatga ega.

«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati va butun jamoasi, ushbu sana munosabati bilan mamlakatimizdagi neft va gaz sohasida mashaqqatli va samarali mehnat qilayotgan barcha geologlarni bayram bilan muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va saodat, kelgusi ishlaringizda yangi yutuq hamda muvaffaqiyatlar tilaymiz!

«O‘zbekneftgaz» AJ jamoasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring