Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo o‘zgarishi mumkin

Bugun O‘zbekistonning ayrim hududlarida ob-havo o‘zgarishi mumkin

Foto: Xabar.uz

Bugun kunduz kuni respublika bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘istonda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 34-39° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 36-38° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 27-32° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring