Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi yurishini boshladi

O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasidagi yurishini boshladi

Bugun Hindistonda Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlandi.

Birinchi turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi (N.Abdusattorov, N.Yakubboyev, J.Sindarov, Sh.Vohidov) nepallik raqiblari ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Yoshlar agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev xabar bergan. 

O‘z navbatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi (U.Omonova, A.Hamdamova, M.Bobomurodova, M.Malikova) esa ganalik raqiblari ustidan g‘alaba qozonishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring