Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoro shahrida oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Buxoro shahrida oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Bugun Buxoro shahridagi oziq-ovqat do‘konlarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 09:25 da FVB navbatchilik qismiga Buxoro shahar M.Iqbol ko‘chasi yo‘l yoqasida joylashgan oziq-ovqat do‘konidagi yong‘in to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 09:32 da yetib borib, uni 09:45 da o‘chirishgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Savdo do‘konining 24 kvadrat metr maydonda shift qismi va savdo mahsulotlari yongan, savdo do‘konining 35 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda. Hozirda uning moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring