Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda chaqaloq qiynoqqa solinib, massaj qilingani videosi tarqaldi

Buxoroda chaqaloq qiynoqqa solinib, massaj qilingani videosi tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Chilonzor tumanida tibbiyot talablariga mutlaqo mos bo‘lmagan uqalash muolajasi amalga oshirilganiga doir videolavha tarqalgan edi.

Ko‘p o‘tmay, bunday holat Buxoro viloyatida ham sodir bo‘lganiga doir videotasvirlar e’lon qilindi.

SSV ayni paytda mazkur holat qayerda va qachon bo‘lgani, uqalash muolajasi kim tomonidan amalga oshirilgani yuzasidan o‘rganish olib bormoqda va uning natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumot taqdim etishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Chilonzordagi holatga Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev ham munosabat bildirgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring