Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda hokim eng yaxshi uchta maktab direktorlarini xorijga sayohatga jo‘natdi

Buxoroda hokim eng yaxshi uchta maktab direktorlarini xorijga sayohatga jo‘natdi

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani hokimligi tumandagi maktablar orasida eng yaxshi deb topilgan maktab direktorlaridan 3 nafarini Birlashgan arab amirliklarining Dubay shahriga sayohatga jo‘natdi.

Hokimlik matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ular ra=barligi ostidagi maktablar joriy yil davomida tuman miqyosida o‘tkazib kelingan «5 tashabbus olimpiadasi doirasi», «Hokim olimpiadasi», «Bir oyda ikkita kitob o‘qiyman» kabi ko‘rik tanlovlarda yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

Shu bois hokimlik tomonidan 13-maktab direktori Doston Rustamov, 14-maktab direktori Hotam Hasanov, 17-maktab direktori Hokima Idiyevaning Dubayga bepul sayohati tashkillashtirib berildi.

Maktab direktorlari 8-avgustdan 14-avgustgacha Dubay shahriga sayohat qilib, O‘zbekistonga qaytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring