Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda «Innoweek-2022» innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda «Innoweek-2022» innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

Buxoro shahrida 16-17 iyul kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi, Innovatsiyalar Milliy ofisi, Buxoro viloyati hokimligi tomonidan «Innoweek-2022» innovatsion g‘oyalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, tadbirkorlarni, ishbilarmon va yosh olimlarni, startap egalarini bitta maydonga to‘plash, ular uchun imkoniyatlar yaratish, loyihalar rivojida ko‘makchi bo‘lish hisoblanadi.

Mazkur ko‘rgazma Buxoro shahar Yoshlar markazi binosida 2 kun davomida o‘tkazildi va unda oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari, tadbirkorlik, startap korxonalari tomonidan 110 dan ortiq innovatsion ishlanmalar, texnologiyalar va mahsulotlar namoyish etildi.

Ko‘rgazma doirasida qiymati 1,0 mlrd so‘mdan ziyod 11 ta shartnoma imzolandi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida viloyatdagi iqtidorli yoshlarni qamrab olib, ularning innovatsion loyihalarini rag‘batlantirishga qaratilgan Technoways texnologik rivojlanish marafoni ham o‘tkazildi. Ushbu marafondan asosiy maqsad, hududdagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion loyihalarni ko‘paytirish va rivojlantirish hisoblanadi.

Mazkur marafonda jami 45 nafar iqtidorli yoshlar o‘z innovatsion g‘oyalari va ishlanmalari bilan ishtirok etdi. Eng yaxshi 3 ta loyiha saralab olinib, eng so‘ngi rusumdagi noutbuk va 3D printerlar bilan rag‘batlantirildi.

Ko‘rgazma tadbirkorlar uchun yangi loyihalar bilan tanishish, mahsulotlarni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni kengaytirishda katta imkoniyatlar maydoni bo‘lib xizmat qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring