Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda jazirama issiqda 9 oylik chaqaloq dalaga tashlab ketildi

Buxoroda jazirama issiqda 9 oylik chaqaloq dalaga tashlab ketildi

Foto: Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi

Buxoro viloyatida issiqda chaqaloq dalaga tashlab ketilgani, u fermer xo‘jaligi yerlaridan topib olingani aytilgan murojaat tarqaldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ushbu murojaat boshqarma mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda aniqlanishicha, 22 iyul kuni soat 16:07 da viloyat IIBning 102 avtomatlashtirilgan tizimiga G‘ijduvon tumani «Ko‘lijabbor» MFY Ko‘hna Nayman qishlog‘ida joylashgan «Shukur To‘xta» fermer xo‘jaligining dala maydoni yoqasidagi (kapa) shiyponda shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola topib olinib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgani haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar G‘ijduvon tumani IIB navbatchilik qismida qayd qilinib, tezkor tergov guruhi tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilgan va kechiktirib bo‘lmas tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Hozirgi kunda ushbu shaxsi aniq bo‘lmagan taxminan 9 oylik bola tuman tibbiyot birlashmasi bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘limida shifokorlar nazoratiga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv harakatlarining yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring