Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda korxona rahbarining qilmishi fosh bo‘ldi

Buxoroda korxona rahbarining qilmishi fosh bo‘ldi

Konimex tumanida 109,2 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirgan korxona rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departametning Konimex tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «T.A.» ishlab chiqarish korxonasi rahbari O‘.T. fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida ajratilgan jami 109,2 mln so‘m subsidiya mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring