Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroda xalqaro kurash turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Buxoroda xalqaro kurash turnirining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi (foto)

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Buxoro viloyati markazidagi «Buxoro» sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun hazrat Bahovuddin Naqshband xotirasiga bag‘ishlangan I xalqaro turnirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda xalqaro kurash assotsiatsiyasi rahbari Komil Yusupov, jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev, sportchi va murabbiylar, ommaviy axborot vositalari xodimlari va boshqalar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov turnir ishtirokchilarini qutladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Buxoro viloyat hokimligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston kurash federatsiyasi, xalqaro kurash assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamkorligida o‘tkazilayotgan turnirga Afg‘oniston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Gollandiya, Portugaliya, Gonkong, Hindiston, Eron kabi 20 ga yaqin mamlakatlarning eng kuchli polvonlari tashrif buyurishdi.

Bugun, 9-iyun kuni start oladigan bellashuvlarda erkaklar 60, 66, 73, 81, 90, 100 kg.gacha va 100 kgdan yuqori vazn toifalarida, ayollar 52, 63 va 78 kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun gilamga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan polvonlar 3000 AQSh dollari, 2 o‘rin sohiblari 2000 AQSh dollari hamda 3-o‘ringa sazovor bo‘lgan polvonlar esa 1000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari bilan ham taqdirlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring