Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buyuk Britaniya Yelizaveta II bilan vidolashdi (foto)

Buyuk Britaniya Yelizaveta II bilan vidolashdi (foto)

Foto: Hannah Mckay / Reuters / WPA Rota / AP

Bugun, 19 sentyabr kuni Buyuk Britaniyada marhum qirolicha Yelizaveta II so‘nggi yo‘lga kuzatildi. Qirol va uning oilasi, britan xalqi va hukumati bilan birga, dafn marosimiga qirolicha hayotlik davrida shaxsan uchrashgan davlat rahbarlari ham tashrif buyurishdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Liz Trass qirolicha bilan vidoshlashdi. Marosimga mamlakatning sobiq bosh vazirlari: Boris Jonson, Devid Kemeron, Gordon Braun va Jon Meyjor ham keldi.

Vestminster abbatligiga AQSh prezidenti Jo Bayden rafiqasi Jill Bayden hamrohligida tashrif buyurdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va rafiqasi Brijit Makron, Belgiya qiroli Filipp va uning turmush o‘rtog‘i qirolicha Matilda, Kanada bosh vaziri Jastin Per Jeyms Tryudo va rafiqasi Sofi Tryudo marhum qirolicha bilan vidolashishdi.

Irlandiya prezidenti Maykl D. Higgins Vestminster abbatligidagi marosimda qatnashdi. Xitoy Xalq Respublikasi raisining o‘rinbosari Van Sishan dafn marosimi arafasida Chelsidagi Qirollik gospitalida bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring