Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Budjet sohasida yangi jarimalar joriy etildi

Budjet sohasida yangi jarimalar joriy etildi

MJTK va Budjet kodeksiga bir qator tuzatishlar kiritildi (30.12.2020 yildagi O‘RQ-660-son Qonunga qarang), deb xabar bermoqda «Norma».

BirinchidanMJTKning 1756-moddasiga tuzatishlar kiritildi. Endi ushbu moddaga davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etish tartibini buzish ham kiritildi. Eslatib o‘tamiz, 2020 yildan boshlab davlat maqsadli jamg‘armalari (ro‘yxatga qarang) to‘liq g‘aznachilik ijrosiga o‘tkazilgan, ularning hisobotlari esa xalqaro talablarga muvofiqlashtirilgan.

Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • budjet ijrosining balansini;
  • daromadlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
  • xarajatlarning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni;
  • debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
  • nomoliyaviy aktivlarning harakati to‘g‘risidagi hisobotni;
  • milliy va chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotni;
  • taqsimlovchi organlar bo‘yicha tarmoq, shtatlar va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotni.

Taqsimlovchi organlar har oyda Moliya vazirligiga tahliliy maqsadlar uchun davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari daromadlari va xarajatlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etadi. Yuqorida aytib o‘tilgan tarkibiy elementlarni o‘z ichiga olgan to‘liq hisobotlar Moliya vazirligiga (ilgari – Vazirlar Mahkamasiga) quyidagi tartibda taqdim etiladi:

  • Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan muddatlarda – choraklik hisobotni;
  • hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreliga qadar – yillik hisobotni.

Hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uchun aybdor mansabdor shaxslarga 1 BHMdan 2 BHMgacha miqdorda jarima solinadi. Moliya vazirligi va hududiy moliya organlari xodimlariga MJTKning 1756-moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzish va uni ko‘rib chiqish uchun sudga yuborish vakolati berildi.

Ikkinchidan, 2021 yil 1 apreldan boshlab budjet jarayonining ochiqligini ta’minlash tartibini buzish deb nomlangan yangi modda kiritiladi. Mazkur holatda tegishli ma’lumotlarni ommaga e’lon qilish orqali ochiqlikka erishiladi.

Belgilangan muddatlarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga 2 BHM miqdorida jarima solinishi mumkin. Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma Hisob palatasi tomonidan tuziladi, keyin esa ko‘rib chiqish uchun sudga yuboriladi.   

Qonun «Xalq so‘zi» gazetasida chop etilgan va 31.12.2020 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring