Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chalg‘i ko‘targan o‘lim yoxud 2020-yil juda og‘ir kelganini ko‘rsatuvchi suratlar

Chalg‘i ko‘targan o‘lim yoxud 2020-yil juda og‘ir kelganini ko‘rsatuvchi suratlar

Muallif: Ahmad Rahma

Poyoniga yetayotgan 2020-yil insoniyatning yaqin tarixidagi eng mushkul va murakkab yillardan biri bo‘ldi. Koronavirus ofati o‘z qudratiga maftun-mahliyo bo‘lib qolgan odamzodni qattiq silkitib, ojizligi, xom sutgan emgan banda ekanini yodga soldi.

Eski yil yakuni va yangi yil arafasida dunyo matbuotida chop etilgan karikaturalar ham fikrimizni tasdiqlaydi. An’anaga zid ravishda hajviy suratlar sho‘x-shodon kulgi emas, mahzun tabassumga yo‘g‘rilgandir. Umid ulkim, yil davomida insoniyatni ko‘p sarosima, xo‘b tashvishga solgan baloi ofat 2021-yil yakunida butkul arisin...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring