Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi

Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha karantin choralari kuchaytiriladi. Bu haqda respublika maxsus komissiyasi axborotida ma’lum qilindi.

Avvalroq karantin cheklovlari haqida ma’lumot berilgandi.

Shu bilan birgalikda sanoat va yirik qurilish ob’yektlari faoliyatini davom ettirishiga quyidagi shartlar asosida ruxsat berilmoqda:

  • tegishli ob’yektlar hududi to‘liq karantinga olinadi;
  • ob’yektlar hududida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi ta’minlanadi;
  • sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari bilan birgalikda tegishli ob’yektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlari amalga oshirib boriladi;
  • ob’yektlarga kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar, dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;
  • xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritilishini ta’minlash.

Ma’lumki, Respublika maxsus komissiyasining joriy yil 30 iyundagi qarori bilan shifoxonalarda va uy sharoitida davolanayotgan kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni 10 kun muddatda klinik belgilari kuzatilmagan taqdirda nazoratdan chiqarish amaliyoti joriy etilgan edi.

Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlashning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi joriy etildi:

  • koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar bilan aloqada bo‘lgan shaxslar uy sharoitida karantinda saqlanadi;
  • karantinda saqlash muddati 14 kundan 10 kunga qisqartiriladi hamda 10 kun muddatda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test natijalari manfiy bo‘lgan taqdirda karantindan chiqariladi;
  • test natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, bemorda koronavirus infeksiyasining klinik belgilari kuzatilsa, shifoxonaga joylashtiriladi, kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan bo‘lsa, uy sharoitida davolanishga o‘tkaziladi (uy sharoitida davolashning imkoni bo‘lmasa, belgilangan tartibda tibbiyot muassasasida davolashga o‘tkaziladi).

Kasallik alomatlarsiz yengil shaklda kechayotgan bemorlarni uy sharoitida davolash, shuningdek, bemorlar bilan aloqada bo‘lganlarni uy sharoitida karantinga olish tartibi joriy etilishi munosabati bilan Respublika maxsus komissiyasining qarorida quyidagilar belgilandi:

  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda bemorlar bilan aloqada bo‘lib, uy sharoitida karantinga olingan shaxslarning doimiy tibbiy nazoratda bo‘lishi belgilandi;
  • aholiga, shu jumladan, uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat hamda axborot berishga qaratilgan tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi Call-center faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
  • uy sharoitida davolanayotgan bemorlar hamda karantinga olingan shaxslarga joyiga chiqqan holda tibbiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan mobil guruhlar tashkil etiladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston Respublikasiga(dan) yo‘lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlandi.

Cheklovlarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi hamda mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda javobgarlik choralari qo‘llanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring