Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chevrolet Onix sotuvga chiqadigan taxminiy muddat va narxi ma’lum qilindi

Chevrolet Onix sotuvga chiqadigan taxminiy muddat va narxi ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix avtomobilining 1-noyabrdan sotuvga chiqishi haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Qayd etilishicha, 90 ot kuchiga ega, 1,2 litrli dvigatel va mexanik uzatmalar qutisiga ega Chevrolet Onixning eng oddiy pozitsiyasi narxi 150 million so‘m atrofida bo‘ladi.

Asosiy komplektatsiyada galogenli faralar, 2 ta xavfsizlik yostiqchasi, ESC barqarorlik tizimi, blokirovkaga qarshi ABS tormoz tizimi, radiomagnitola va konditsioner ham kiritilgan.

Avvalroq, Chevrolet Onix avtomobili sotuvi 2022-yil oxiri, 2023-yil boshida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgani aytilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring