Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Aholining rozilik xati bor...» – Chilonzordagi quruvchi tadbirkor voqeasiga tushuntirish berildi

«Aholining rozilik xati bor...» – Chilonzordagi quruvchi tadbirkor voqeasiga tushuntirish berildi

Bir muddat oldin Toshkent shahri tumanlarining birida tadbirkor va mahalla inspektorining tortishuvi aks etgan video tarqalgani haqida xabar berilgan edi. 

Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimligi mazkur holatga tushuntirish berdi.

Unga ko‘ra, tumanning «Ko‘tarma» mahallasidagi 1, 3 va 9-uylar oralig‘idagi hudud o‘rab olinayotganligi haqidagi xabarlar rost. Tarqalgan videotasvirlardan so‘ng tuman hokimligida Ishchi guruh tuzilib, mazkur hududda holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, «Ko‘tarma» mahallasi 1, 3 va 9-uylar orasidagi 15 sotix yer maydoni Toshkent shahar hokimining 2020-yil 9-dekbrdagi 1147-sonli qarori asosida fuqaro Mirxamid Mirvaliyevich Mirxodjayevga kompensatsiya tariqasida doimiy foydalanish huquqi asosida ko‘p qavatli turar joy qurish uchun ajratilgan.

2021-yil 20-dekabrda esa ushbu hududda qurilish ishlari olib borilishi uchun bolalar va sport maydonchalari, qariyalar dam olish shiyponi, avtoturargoh qurish sharti bilan Mahalla fuqarolar yig‘inining bayonnomasi asosida mazkur – 1, 3 va 9-uylarda yashovchi fuqarolar roziligi yozma rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qaroriga asosan Toshkent shahar qurilish Bosh boshqarmasi tomonidan 2021-yil 19-iyuldagi 1726-1726294-24852-sonli Arxitektura rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilgan hamda Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish bo‘yicha Arxitektura va shaharsozlik kengashi ishchi organining 2022-yil 30-iyundagi 47871-sonli xulosasi olingan.

Tuman Ishchi guruhi tomonidan tadbirkorga tegishli hududdagi qurilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalari (ShNQ)ga asosan, shuningdek mazkur hudud atrofida istiqomat qiluvchi aholi roziligi bilan amalga oshirilishi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Qayd etilishicha, ertaga, 8-noyabr kuni Toshkent shahar mas’ullari, tuman hokimi, qurilish maydoniga borgan holda aholi vakillari ishtirokida masalani yana bir bor muhokama qilishga kelishib olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring