Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chimyon shaharchasida neft va gaz muzeyi ochildi

Chimyon shaharchasida neft va gaz muzeyi ochildi

Joriy yilning 29 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Chimyon shaharchasida Neft va gaz muzeyi ochildi.

Muzeyning ochilish marosimida «O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruv rahbariyati, «Andijonneft» AJ Boshqaruvi raisi Jaloliddin Bekmurodov, Farg‘ona shahar va tuman hokimligi vakillari, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xodimlari, mahalla faollari va faxriylari qatnashdilar.

Ushbu muzey O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda «Andijonneft» AJ hamkorligida tashkil etildi.

O‘zbekiston neft va gaz sanoati 120 yillik tarixga ega. Neft va gaz konlarini qidirish va o‘zlashtirish ishlari 1885 yildan boshlangan.

1898 yilda muhandis S.A.Kovalevskiy boshchiligidagi ekspeditsiya guruhi Chimyon (Farg‘ona vodiysi) hududida neft konlarini qidirishga kirishadilar.

1901 yilda Markaziy Osiyodagi ilk neft quduqda burg‘ulash ishlari boshlanadi. 1904 yilda 278 metr chuqurlikdagi neft qatlamini ochishga erishadilar. Ushbu quduq kuniga 130 tonna neft bera boshlaydi (11 yil davomida). Shu kon asosida «Chimyon» neft jamiyati tuziladi.

Markaziy Osiyodagi ilk burg‘ulangan neft qudug‘i

1906-Farg‘ona viloyatida o‘sha davrda ikki kubli, neftni qayta ishlash zavodi quriladi. Ushbu zavod ishga tushgunga qadar quduqdan olingan neft mahsulotini asosan g‘ildirakli aravalarni moylash hamda yoqilg‘i sifatida ishlatib kelingan. Neft mahsuloti ot aravalarda yetkazib berilgan. Uning sifati esa termometr va areometrlar bilan aniqlanadi. Neftdan ishlab chiqarishning asosiy mahsulotlari kerosin va isitish moyi olingan.

1907 yilda neftni qayta ishlash zavodi aka-uka Nobellar tomonidan sotib olingan va bosqichma-bosqich rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishni boshlaganlar hamda Chimyon shaharchasidan zavodgacha to‘rt dyumli neft quvurlarini ekspluatatsiya qilish ishlarini boshlaydilar.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring