Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chinozdagi maktab-internat va Baxt shahridagi maxsus maktabda kompyuter sinflari ochildi (video)

Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus maktabida kompyuter sinflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarining yoshlar ta’lim tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusini hayotga joriy etish ishlari respublikaning barcha hududlarida ustuvor vazifa sifatida amalga oshirib kelinmoqda.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internetdan samarali foydalanish» bo‘yicha tadbirlar doirasida respublikadagi barcha shahar va tuman markazlarida bosqichma-bosqich Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari, shu bilan birga, Halq ta’limi vazirligi bilan birgalikda maktablardagi kompyuter sinflarida axborot texnologiyalari bo‘yicha to‘garaklar takshil etilmoqda.

Uchinchi tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar  hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-maydagi «Ixtisoslashtirilgan o‘quv tarbiya muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 12-iyul kuni Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus maktabida yangi jihozlangan kompyuter sinflarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nutq so‘zlagan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Qahramon Yuldashev ushbu o‘quv-tarbiya muassasalarida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan zamonaviy kompyuter sinflarining  tashkil etilishi, yoshlarning texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirishlariga alohida e’tibor qaratilishi mamlakatimizda axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim va malakaga ega soha mutaxassislarining yangi avlodi yetishib chiqishiga zamin yaratadi, – deya ta’kidladi. 

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi 5-son qiz bolalar maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati, Baxt shahridagi o‘g‘il bolalar maxsus maktabida AKT vazirligi tomonidan kompyuter sinflari tashkil etilib, zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlandi hamda optik tolali aloqa liniyalari orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i tashkil etilib, ZiyoNET ta’lim tarmog‘iga ulandi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning oila a’zolari bilan muloqot qilishlari uchun alohida so‘zlashuv xonalari tashkil etildi.

Ochilish marosimidan so‘ng, tarbiyalanuvchilar o‘rtasida elektron kompyuter sporti o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alar ulashildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring