Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodidagi ishlab chiqarish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tomonidan Buxoro neftni qayta ishlash zavodidagi ishlab chiqarish, rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari holati o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari Qashqadaryo viloyatida tabiiy gaz qazib chiqrish holati bo‘yicha o‘rganish ishlarini yakunlab, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida o‘rganish ishlarini davlm ettirdi.

Boshqaruv raisi boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining bajarilishi, modernizatsiya ishlari holatini o‘rganish maqsadida Buxorodagi qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan tanishdi. Dastlab, Qorovulbozor shahridagi quyish-to‘kish estakadasining rekonstruksiya qilish ishlari holati joyida o‘rganildi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va jo‘natish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda maydonchada quyish-to‘kish estakadasinining metall konstruksiyalari, ochiq nasos stansiyasining montaj ishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi topshirig‘i asosida ayni paytda zavodda umumiy maydoni 15,75 gektarni tashkil qiluvchi quyish-to‘kish estakadasini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda va foydalanilmayotgan sig‘imlar demontaj qilinib, texnologik quvurlar o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, maydonda sig‘imlar parki, ob’yekt infratuzilmasi, ko‘pikli yong‘in o‘chirish tizimining qurilish, qayta tiklash, temir yo‘l relslarini yotqizish ishlari olib borilmoqda. Aytish joizki, ishlarning katta qismini zavod mutaxassislari hamda ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: quyish-to‘kish estakadasi xom-ashyoni qabul qilish, saqlash va tayyor mahsulotlarni jo‘natish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, bu yerda sisterna va avtotsisternalardan quyish-to‘kish bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi mumkin.

Bugungi kunga kelib, zavodda sig‘imlar parkini kengaytirish loyihasini amalga oshirish faol bosqichga kirdi. Ishlarning borishi bilan bog‘liq muammoli masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan sayyor yig‘ilish o‘tkazilib, unda «O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi tomonidan ob’yektlarni o‘z vaqtida topshirishni tezlashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Boshqaruv raisi tashabbusi bilan, mazkur loyihani amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida 250 dan ortiq neft va gaz sohasi mutaxassislari jalb etilgan holda tezkor shtab tuzildi. Barcha ishlar xavfsizlik qoidalari va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 17 iyuldagi 158-sonli bayonnomasi topshirig‘ini bajarish maqsadida Boshqaruv raisi iste’molchilarni sifatli mahsulotlar bilan barqaror ta’minlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, zarur zaxiralarni shakllantirish bo‘yicha vazifalar berdi.

Xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodida sintetik GTL naftasini avtomobil benzini ishlab chiqarishga jalb etish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani  ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-iyul oylarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodida jami 900 ming tonna uglevodorod xomashyosi qayta ishlanib, belgilangan reja 103,2 foizga bajarildi. Natijada, qayd etilgan davrda 542,8 ming tonna avtobenzin ishlab chiqarilib, belgilangan reja 108,8 foizga, shuningdek 153,4 ming tonna dizel yonilg‘isi ishlab chiqarilib, belgilangan reja 109,2 foizga bajarildi.

Eng e’tiborlisi shundaki, respublika Tovar xom ashyo birjasi savdolari natijalari bilan joriy yanvar-iyul oylarida respublika iste’molchilariga sotilgan jami avtobenzinning 70-80 foizi va dizel yonilg‘isining 40-50 foizi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hissasiga to‘g‘ri kelganligini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan uglevodorod xom ashyosini qayta ishlashda «Uzbekistan GTL» zavodida ishlab chiqarilayotgan GTL nafta xomashyosini qayta ishlashga jalb qilish orqali avtobenzin ishlab chiqarish miqdorlarini oshirishga erishilmoqda.

 «O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring