Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi

Chorvoqdagi «Piramidalar» dam olish maskani 208 mlrd so‘mga sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborining chap qirg‘og‘ida joylashgan «Chorvoq oromgohi» («Piramidalar») dam olish maskani sotilganini ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, davlat tender komissiyasining tegishli bayoni qaroriga asosan, Bo‘stonliq tumanida joylashgan «Chorvoq oromgohi» dam olish maskani bo‘yicha 208 mlrd so‘m bo‘lgan xarid to‘lovlarini amalga oshirish to‘g‘risida «Vip Logistics» MChJ QK tomonidan taqdim etilgan takliflar eng yaxshi taklif sifatida e’tirof etilib, savdo g‘olibi deb topilgan.

«Piramida»lar 2021-yilning iyunida sotuvga qo‘yilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring