Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

COVID-19 alomati mudhish kasallik belgisi ham hisoblanadi

COVID-19 alomati mudhish kasallik belgisi ham hisoblanadi

Foto: «Politeka.net»

Buyuk Britaniya Milliy sog‘liqni saqlash xizmati mutaxassislarining ta’kidlashicha, COVID-19 alomatlaridan biri — tinimsiz yo‘tal odamning o‘pka saratoniga chalinganligidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda «Express» nashri xabar bermoqda.

Shifokorlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, saraton kasalligi juda erta bosqichda aniqlangan odamlar ushbu xavfli xastalikning to‘rtinchi bosqichida tashxis qo‘yilganlarga qaraganda yana besh yil ko‘proq yashash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Shu bilan birga, tadqiqot natijalariga qaraganda, Janubiy-Sharqiy Angliyadagi odamlarning qariyb yarmi uch haftadan ko‘proq davom etadigan yo‘tal o‘pka saratonining alomati bo‘lishi mumkinligini hatto bilishmaydi ham.

Ikki-uch hafta davom etadigan yo‘taldan tashqari, saraton kasalligining belgilariga ko‘krak qafasi infeksiyalari, qon tuflash, nafas olganda yoki yo‘talganda og‘riq paydo bo‘lishi, nafas qisishi, charchoq yoki quvvat yetishmasligi, ishtaha yo‘qolishi yoki sababsiz vazn tashlash kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring