Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Daftar»dagi fuqarolarning kredit mablag‘larini «tuya» qilgan fuqaro ushlandi

«Daftar»dagi fuqarolarning kredit mablag‘larini «tuya» qilgan fuqaro ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Paxtaobod tumanida fuqaro X.A.ning noqonuniy tarzda ushlab turilganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Viloyat IIBning ma’lum qilishicha, 1986-yilda tug‘ilgan X.A. tomonidan 2021-yilda tashkil etilgan 3 ta MChJlar ta’minotchi sifatida «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» ro‘yxatlarida turuvchi 46 nafar fuqarolar bilan chevarchilik, asalarichilik hamda boshqa yo‘nalishlarda mahsulot yetkazib berish to‘g‘risida shartnomalar tuzib, AT «MKbank», «Xalq banki» va «Agrobank» Paxtaobod filiallari tomonidan jami 1 mlrd 242 mln so‘m kredit mablag‘lari qayd etilgan ta’minotchi MChJlarga o‘tkazilgan.

Biroq, mazkur MChJlarga kelib tushgan pul mablag‘lari noqonuniy naqdlashtirish, kredit ta’minoti egalariga yetkazib bermaslik va ta’minot mahsulotlarini bozor narxidan 2-3 barobar qimmat narxlarda sotib olganligi aniqlangan.

Shunga asosan 2021-yilning 31-avgust kuni Paxtaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan A.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168- (Firibgarlik), 277- (Bezorilik) va 140-modda (Haqorat qilish)lari bilan, tergovdan qochib, yashiringanligi sababli sirtdan ayblov va qidiruv e’lon qilingan. 

Fuqaro X.A. joriy yilning fevral oyida Rossiya Federatsiyasi Ufa shahrida huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan va shu yilning 31-avgust kuni O‘zbekistonga olib kelindi.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha JPKning talablariga asosan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring