Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat tiliga hurmatsizlik qilgan rahbarlar jarimaga tortilishi mumkin — Latviya

Davlat tiliga hurmatsizlik qilgan rahbarlar jarimaga tortilishi mumkin — Latviya

Foto: «Delfi»

Latviya Hukumati hamda Seymi (parlament) ma’muriy qonunchilikka o‘zgartishlar kiritishni boshladi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.

«Press.lv» portali ma’lumot berishicha, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi qonun hadeb o‘zgartirilaverganidan ko‘p chalkashliklar bor. Endi hukumat qonunni oddiyroq, «tushunarli til»ga o‘zgartirmoqchi.

Ana shu o‘zgartishlar qonuning boshqaruv, jamoat tartibi va davlat tilidan foydalanish bandlarini ham qamrab oladi.

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, mansabdor shaxsning davlat tilini bilish darajasi me’yorga javob bermasa (qonun loyihasida bir necha toifasi ko‘rsatilgan — quyi, o‘rtacha va oliy) jismoniy shaxs ogohlantiriladi (keyinchalik lavozimidan ketkazilish sharti bilan) yoki 7 dan 28 yevrogacha jarimaga tortiladi, yuridik shaxs esa (ya’ni u ishlaydigan tashkilot) 20 dan 140 yevrogacha jarimaga tortiladi. O‘sha qonun loyihasida, shuningdek, mansabdor shaxs davlat tilidan yetarli hajmda foydalanmagan taqdirda 7 dan 140 yevrogacha jarimaga tortilishi haqidagi band ham bor.

Ta’kidlash kerakki, Latviyaning ushbu qonunida ilk marotaba yangi — «davlat tiliga hurmatsizlik» atamasi qo‘llanilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring