Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dengizdan ekipajsiz sirli «arvoh kema» topildi

Dengizdan ekipajsiz sirli «arvoh kema» topildi

Foto: autoevolution.com

Tailand qirg‘oqlari yaqinidagi ko‘rfazda ekipajsiz suzib yurgan sirli «arvoh kema» topildi, deb xabar berdi mahalliy Bangkok Post gazetasi.

«Szin Shuy Yuan 2» deb nomlangan Xitoy yuk kemasini 6 yanvar dengizdan 100 milya uzoqlikda ko‘rib qolishgan va bu haqda mahalliy hokimiyatga xabar berilgan.

Hududga yetib kelgan Tailand harbiy-dengiz kuchlari vakillari ekipaj kema bortidan g‘oyib bo‘lganini va barcha hujjatlar yo‘qolganini aniqladi. Shuningdek, ular kemaning navigatsiya va langar tizimlari ishlamayotganini, dvigatel xonalari suv bilan to‘lib ketganini, ulardan kuchli yoqilg‘i hidi anqib turganini ham aniqladilar.

Rasmiylar kemani qirg‘oqqa tortib olib borishga qaror qilishdi, buning uchun ular bo‘linmalarni to‘ldirgan suvning deyarli yarmini tortib olishlari kerak edi. Biroq, kuchli bo‘ron tufayli «Szin Shuy Yuan 2» qirg‘oqdan 28 mil uzoqlikda cho‘kib ketgan.

Qirollik dengiz floti ma’lumotlariga ko‘ra, kema ekipaji qaroqchilar qurboni bo‘lishgani dargumon, ehtimol kema nosozligi tufayli ataylab tashlab ketilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring