Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deniyel Rozenblyum AQSh va O‘zbekiston uchun qadrli boylik haqida gapirdi

Deniyel Rozenblyum AQSh va O‘zbekiston uchun qadrli boylik haqida gapirdi

AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum Mustaqillik kuni munosabati bilan xalqimizni tabrikladi. Mamlakatimizdagi faoliyatini yakunlayotgan diplomat an’anaga sodiq qolib oxirgi tabrigini ham o‘zbek tilida yo‘lladi.

«So‘nggi uch yil ichida go‘zal yurtingizni kezib, ko‘plab odamlar bilan hamsuhbat bo‘ldim. Cizning boy madaniyatingiz va an’analaringiz haqida ko‘p narsalarni bilib oldim. Ular qaysidir ma’noda biznikidan farq qiladi. Ammo men biz uchun umumiy bo‘lgan boshqa ko‘p jihatlarni ham kashf qildim. Ana shunday jihatlardan biri bu mustaqillik va suverenitetni ardoqlashimizda ko‘rinadi. Bu – amerikaliklar uchun ham, o‘zbekistonliklar uchun ham birdek qadrlidir. Har bir xalq uchun ozod va xavfsiz bo‘lishdan muhimroq narsa yo‘q», – deydi AQSh elchisi.

Diplomat ikki mamlakatning yanada tinch va farovon hayot barpo etish yo‘lidagi hamkorligi bardavom bo‘lishiga ishonch bildirgan.

Avval xabar berganimizdek, D.Rozenblyum AQSh mustaqilligining 246 yilligi munosabati bilan Toshkentda tashkil etilgan marosimdagi nutqida ham suverenitetni asrash hayot-mamot masalasi ekanini ta’kidlagan edi.

«O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlash AQShning 1991-yildan buyon O‘zbekistonga nisbatan olib borayotgan siyosatining asosini tashkil etadi», – deb ta’kidlagan edi u.

Yurtimizda 2019-yildan buyon AQSh diplomatik vakolatxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan D.Rozenblyum o‘rnini yaqin fursatda Jonatan Henik egallashi kutilmoqda.

D.Rozenblyum esa faoliyatini AQShning Qozog‘istondagi elchisi lavozimida davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, D.Rozenblyum kuni kecha prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

31-avgust kuni esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov diplomatik missiyasini yakunlayotgan AQSh elchisini qabul qildi va unga minnatdorlik bildirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring